Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 5-sentabr

Ushbu hujjat AvtoTest mobil ilovasi, Telegram ichidagi versiyasi va avto-exam.uz sayti qanday ma'lumot yig'ishini, uni nima uchun ishlatishini va foydalanuvchi qanday huquqqa ega ekanini tushuntiradi.

1. Qanday ma'lumot yig'iladi

1.1. Qurilma identifikatori

Ilova birinchi ochilganda qurilma uchun tasodifiy identifikator (UUID) yaratiladi. U progressni saqlash uchun kerak — shu tufayli ro'yxatdan o'tmasdan ham yechilgan savollar, xatolar ro'yxati va kunlik seriya yo'qolmaydi. Bu identifikator telefon raqami, IMEI yoki reklama identifikatori emas va boshqa xizmatlarga berilmaydi.

1.2. Hisob ma'lumotlari (ixtiyoriy)

Telegram orqali kirsangiz, Telegram bizga sizning Telegram ID'ingiz, ismingiz va (agar ochiq bo'lsa) foydalanuvchi nomingiz hamda profil rasmingizni beradi. Bular hisobni tanish, progressni qurilmalar o'rtasida ko'chirish va reytingda ko'rsatish uchun ishlatiladi. Parolingizga bizning kirish huquqimiz yo'q.

1.3. Foydalanish ma'lumotlari

Qaysi savolga qanday javob berganingiz, imtihon natijalari, kunlik maqsad va seriya serverda saqlanadi — statistikani ko'rsatish va xatolar ro'yxatini tuzish uchun. Bundan tashqari ilova ichidagi harakatlar (ekran ochilishi, tugma bosilishi) Firebase Analytics orqali anonim tarzda yig'iladi: bu ma'lumot qaysi bo'limlar kerakligini tushunishga xizmat qiladi.

1.4. Texnik ma'lumotlar

Server so'rovlar jurnalida IP manzil, ilova versiyasi va qurilma modeli qayd etiladi. Bu suiiste'mol va nosozliklarni aniqlash uchun kerak. Nosozlik hisobotlari (crash) xatolik matni bilan birga yuboriladi.

1.5. To'lov ma'lumotlari

To'lovlar Click, Payme yoki kartaga to'g'ridan-to'g'ri o'tkazma orqali amalga oshiriladi. Karta raqami va SMS kodlari ilovaga kiritilmaydi va bizning serverimizda saqlanmaydi — ular to'lov tizimi tomonida qayta ishlanadi. Bizda faqat to'lov fakti, summasi, vaqti va tarif nomi qoladi. Kartaga o'tkazma holatida siz yuborgan chek rasmi to'lovni tasdiqlash uchun saqlanadi.

2. Ma'lumot nima uchun ishlatiladi

Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga berilmaydi.

3. Kim bilan bo'lishiladi

Ma'lumotning bir qismi ishlash uchun zarur bo'lgan xizmatlar orqali o'tadi:

Boshqa hollarda ma'lumot faqat O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talab qilgan holatda oshkor etilishi mumkin.

4. Ochiq ko'rinadigan ma'lumot

Reytingda ismingiz (yoki taxallusingiz), avataringiz va ballaringiz boshqa foydalanuvchilarga ko'rinadi. Savol muhokamasiga yozgan izohingiz ham ochiq bo'ladi. Profil sozlamalarida ko'rsatiladigan ismni istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin.

5. Bolalar

Ilova haydovchilik guvohnomasiga tayyorlanayotgan shaxslar uchun mo'ljallangan. Biz 13 yoshgacha bo'lgan bolalardan ataylab ma'lumot yig'maymiz.

6. Ma'lumot qancha saqlanadi

Progress va hisob ma'lumotlari hisob o'chirilgunicha saqlanadi. Server jurnallari 30 kundan keyin o'chiriladi. To'lov yozuvlari buxgalteriya talabi bo'yicha uzoqroq saqlanishi mumkin.

7. Ma'lumotni o'chirish

Hisobingizni va u bilan bog'liq barcha ma'lumotni o'chirishni so'rashingiz mumkin. Buning uchun @avto_test_pdd_bot ga yozing yoki info@avto-exam.uz ga xat yuboring. So'rov 30 kun ichida bajariladi. Ilovani o'chirib tashlash qurilmadagi nusxani yo'qotadi, lekin serverdagi hisobni o'chirmaydi.

8. Xavfsizlik

Sayt va API HTTPS orqali ishlaydi, ma'lumotlar bazasiga tashqaridan kirish yopiq. Shunga qaramay, internetda uzatishning 100% xavfsiz usuli mavjud emas.

9. O'zgarishlar

Ushbu siyosat yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarish bo'lsa, ilova ichida xabar beriladi. Yuqoridagi sana oxirgi tahrirni ko'rsatadi.

10. Bog'lanish

Savollar bo'yicha: info@avto-exam.uz, Telegram: @avto_test_pdd.

← Bosh sahifaga qaytish · Foydalanish shartlari